“Yevrosiyo xalqlari oila etnomadaniyati (XX asr)” nomli faksimil fotoasarlar ko‘rgazmasi

2018 yil 29 noyabr kuni soat 17:00 da Toshkent fotоsuratlar uyida “Yevrosiyo xalqlari oila etnomadaniyati (XX asr)” nomli faksimil fotoasarlar ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Rossiya etnografiya muzeyi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi, “O‘zarxiv” agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

“Yevrosiyo xalqlari oila etnomadaniyati (XX asr)” Rossiya etnografiya muzeyi, O‘zbekiston Davlat tarixi muzeyi, “O‘zarxiv” agentligi fondlarida saqlanayotgan faksimil fotosuratlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, u tashrif buyuruvchilarni XX asr boshlarida O‘rta Osiyo, Volgabo‘yi, Sibir va Kavkaz o‘lkalarida yashovchi xalqlarning oila an’analari, kundalik turmush tarzi bilan tanishtiradi.


27.11.2018     806