Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi tayinlandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga koʻra ushbu lavozimga Bekova Komila Nigmandjanovna tayinlandi.

Komila Bekova 1989-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2017-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistraturasini tugallagan. Lavozimga tayinlangunga qadar Markazning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlash hamda arxiv va axborot boʻlimida kichik ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritgan.

 


25.10.2019     107