Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlash hamda arxiv va axborot bo‘limi

Mazkur bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

- O‘zbekistonga oid madaniy boyliklar saqlanayotgan mamlakatlar, ulardagi muzeylar, ilmiy muassasalar, institutlar, arxivlar, kutubxonalar, fondlar, xususiy jamlanmalar haqida mukammal ro‘yxatni tuzish;

- mazkur tashkilotlardagi madaniy boyliklar tasnifini ishlab chiqish va ular haqidagi to‘liq ma’lumotlar bazasi – reestrini respublikamizda axborot-texnologiya sohasidagi talab va yutuqlar hamda jahon andozalariga mos holda yaratish;

- O‘zbekistonga oid madaniy boyliklar reestrini tuzishda global Internet tarmog‘idan keng va unumli foydalanish;

- to‘liq ma’lumotlar bazasi – reestrni doimiy tarzda yangilab borish;

- yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarning ilmiy tadqiqoti natijalarini jahon miqyosida ilmiy muomalaga kiritish borasida xorijda turli anjumanlar, konferensiyalar va ko‘rgazmalar tashkil qilish hamda global Internet tarmog‘ida keng yoritish.