Xorijiy muzeylar, ilmiy muassasalar, institutlar, arxiv va kutubxonalardagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish bo‘limi

Mazkur bo‘limga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

1. Xorijda O‘zbekistonga oid saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlash borasida:

- mamlakatlar ro‘yxatini tuzish;

- ulardagi muzeylar, ilmiy muassasalar, institutlar, arxivlar, kutubxonalar, fondlar, xususiy jamlanmalar haqida imkon qadar mukammal ma’lumotlarni to‘plash;

- xorijdagi muzeylar, ilmiy muassasalar, institutlar, arxivlar, kutubxonalar, fondlar, xususiy jamlanmalar bilan o‘zaro madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

- xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish chora-tadbirlarini amalga oshirish va muzokaralar olib borish yuzasidan takliflar kiritish;

- madaniy boyliklarning turlarini tasnif qilish;

- chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarning asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelishni milliy qonunchiligimiz hamda xalqaro huquq shartnomalari va umume’tirof etilgan normalari asosida amalga oshirishni tashkil etish;

- madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish.

2. Yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarni ilmiy tadqiq etish borasida:

- yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarning ilmiy tadqiqotini amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;

- tadqiqot natijalarini ilmiy muomalaga kiritishda yuqori sifatli turli nashrlar – bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar va boshqa matbaa mahsulotlarini nashrga tayyorlash;

- ilmiy tadqiqot natijalarini mavzusiga qarab turli tillar (o‘zbek, ingliz, rus, arab, fransuz, nemis, ispan)da nashr etib borish ishlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish;

- ilmiy tadqiqot natijalarini mahalliy axborot vositalari (televidenie, radio, doimiy nashrlar)da keng va muntazam ravishda yoritib borish.